650 million so'mlik xonadon kimga nasib etdi?

    Yurtdoshlarimizning haq-huquqlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ham ishtirok oshyapti.

    Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yashovchi K.Abdujalilovning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushdi.

    Murojaatda isteʼmolchi “Trans servis idea” MCHJ tomonidan Chilonzor tumani 23-mavzeda qurilayotgan yangi koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan birini sotib olish boʻyicha 650 million soʻmlik shartnoma imzolagani, ushbu xonadonning qiymati toʻliq toʻlangan, shuningdek, barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlsa-da, uyni haligacha ololmayotganini maʼlum qilgan.

    Mazkur holat federatsiyaning Chilonzor tumani jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga uy olib berildi.