Aliment toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelingan boʻlsada, Ya.T. farzandlarining aliment pulini oldindan toʻliq toʻlab berishini maʼlum qilgan.
Undiruvchi roziligi asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblarga koʻra, 82 million 929 ming soʻm aliment hisoblangan.
Qarzdor tomonidan 7 800 AQSH dollar aliment puli undiruvchiga topshirilib, ijro hujjati boʻyicha ish yurituvi tamomlangan.