8 oyda qariyb 730 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan

    Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, respublikamizda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

    Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 foizga oshgan.
    Oylar kesimida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi:

    yanvar – 93,9 ming tonna
    yanvar-fevral – 185,3 ming tonna
    yanvar-mart – 291,3 ming tonna
    yanvar-aprel – 368,6 ming tonna
    yanvar-may – 456,2 ming tonna
    yanvar-iyun – 546,5 ming tonna
    yanvar-iyul – 632,2 ming tonna
    yanvar-avgust – 729,4 ming tonna