Virusdan kamida toʻqqiz kishi vafot etgan. Ularning barchasi Gʻarbiy Kiyentem provinsiyasidan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozir mamlakatda 16 kishi kasallikka gumon qilinib, karantinga olingan. Barcha bemorlarda isitma, charchoq, bosh ogʻrigʻi va qon aralash qayt qilish kabi xarakterli alomatlar kuzatilgan.

JSSTning bayonotiga koʻra, Marburg virusi odamlarga koʻrshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali faol tarqaladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Marburg virusi Ebola singari oʻta yuqumli boʻlib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili mazkur xavfli xastalik Gʻarbiy Afrikaning Gana mamlakatida ham qayd etilgan edi.