Kuni kecha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan, horijda ishlab chiqarilgan hamda raqamli markirovka kodlari bo‘lmagan qiymati qayrib 144 mln so‘mlik 4 798 quti “VELO” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududiga 10 quti miqdoridagi tamaki mahsulotlarini bojsiz olib kirishlari belgilangan.