“Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskani bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddati uzaytirildi

    2021 yil 31 mayda sotuvga qo’yilgan davlat aktivlari bo‘yicha arizalarni topshirish  muddati  uzaytirildi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatidagi “Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlari bo‘yicha talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021 yilning 15 iyuliga qadar uzaytirilgani haqida maʼlum qildi.

    Shu bilan birga, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskaniga tutash hududda joylashgan Sport bazasi (Dor yo‘li)ni qo‘shib, butun majmua sifatida sotish masalasi o‘rganib chiqilmoqda.

    “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskanining sotuv shartlari o‘zgargan hollarda qo‘shimcha eʼlon beriladi.