Xabarda qayd etilishicha, bolalar orasida o‘tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so‘nggi  ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo‘shimcha shifo o‘rni yaratilgan edi.

Hozir holat barqaror bo‘lib, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan.

Agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo‘yicha rasmiy axborot beriladi.

"Hurmatli yurtdoshlar! Qishki iqlim sharoitida farzandlaringizning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy e’tibor bering! Bu xildagi feyk xabarlarga ishonmang!", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabarida.