Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasi Namanganda

    Namangan viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Tolibjon Yusupov Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Savdo va Xizmatlar vaziri Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Namangan viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Muloqot davomida Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati, to'qimachilik va engil sanoat korxonalarining jahonda tutgan o'rni borasida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, viloyatda etishtiriladigan meva-sazavot va poliz ekinlarini Rossiyaga etkazib berish borasida orttirilgan tajriba va bu tashqi savdoni qishloq xo'jaligi mahsulotlari evaziga rivojlantirish xususida muzokara o'tkazildi.

    Vazir Aleksey Nikolaevich Namanganning iqtisodiy salohiyatini, amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami va sifatini yuqori baholadi hamda tadbirkorlik rivojlanib borayotgan Namangan viloyati bilan amaliy hamkorlik qilish uchun barcha asoslar etarli ekanini ta'kidladi. Boshqirdistonda faoliyat olib borayotgan mintaqadagi eng yirik AgroPark bo'yicha ma'lumot berib, hamkorlik istiqbollarini yuqori baholadi.

    Do'stona ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar Namangan meva-sabzavotlari eksportini rivojlantirish, agrologistik xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha amaliy ishlarni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.