Shu kunlarda dunyoning koʻplab futbol klublari, jumladan, bizning jamoalarimiz ham nisbatan issiq oʻlkalarda mavsumga tayyorgarlik koʻrmoqda.

BAAning Abu-Dabi shahrida yigʻin oʻtkazayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi Moskvaning “Lokomotiv”i bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib, durang qayd etdi.

Temiryoʻlchilar futbolchisi Ivan Ignateyevning goliga “Bunyodkor”ning chernogoriyalik legioner hujumchi Igor Ivanovich javob qaytardi.