Unga koʻra, Qorakoʻl erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 55 gektar yer maydonida umumiy qiymati 600 million AQSH dollari boʻlgan qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan mmiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish koʻzda tutilgan.
Ushbu investitsiya loyihasi ishga tushirilishi natijasida kuniga 1500 tonna ammiak va 1800 tonna karbamid ishlab chiqarishga erishiladi.
500 ta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan ushbu yirik loyiha 2023-2026-yillarda toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.