Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, bu borada jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish hamda faol, har jihatdan ibratli ayollarimizni muntazam ragʻbatlantirib borish, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida Buxoro viloyatida “Gender tenglik faoli” tanlovi oʻtkazildi.
Tadbirda Vobkent tuman kengashi deputatligiga saylangan deputat Farhod Umarov “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik” nominatsiyasida viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.