Chernogoriyadagi barda otishma yuz berdi, kamida 10 kishi halok bo'ldi

    Xavfsizlik 2 Yanvar 2025 574

    Chernogoriya hukumati favqulodda yig'ilish o'tkazib, 2, 3 va 4 yanvar kunlarini mamlakatda motam deb e'lon qilishga qaror qildi.

    "Chernogoriyaning Tsetine shahrida bir kishi barda o't ochgan, so'ng ko'chaga chiqib, o'tkinchilarga qarata o'q uzgan. Oqibatda kamida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo'ldi. Yana bir necha kishi yaralangan", — deya ma'lum qildi mamlakat Ichki ishlar vaziri Danilo Sharanovich.

    "Ma'lumotlariga ko'ra, otishma oldidan barda mushtlashuv bo'lgan. Politsiyaning taxmin qlishicha, otishmaga oddiy maishiy mojaro sabab bo'lgan", deb xabar beradi DPA agentligi.

    Chernogoriya hukumati favqulodda yig'ilish o'tkazib, 2, 3 va 4 yanvar kunlarini mamlakatda motam deb e'lon qilishga qaror qildi.

    "Tsetineda otishma sodir etgan 45 yoshli erkak politsiya tomonidan qo'lga olinish chog'ida o'ziga to'pponchadan o'q uzgan va olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi", — dedi Chernogoriya Ichki ishlar vaziri RTSG telekanaliga.