Bugun, 30 yanvar kuni soat 08:20 larda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani «Chorvoq» qo'rg'onidagi 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo'lgan.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida xonadon devor va shiftiga shikast etgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo'limi qutqaruvchilari etib borgan. Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta'minoti» hodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.