Davlat ijrochilari ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi

    “Davlat ijrochilarini ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3624, 19.05.2025-y.).

    Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlarini ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.

    Davlat ijrochilariga beriladigan moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oy yakuni boʻyicha hisoblab boriladi.

    Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari davlat ijrochilarining ish yurituvida boʻlgan tamomlangan ijro ishlaridan oy davomida toʻlov tizimlari orqali undirilgan ijro yigʻimining bir qismini ajratish orqali amalga oshiriladi.

    Moddiy ragʻbatlantirish har oy yakuni boʻyicha Byuro direktori va hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻiga asosan keyingi oyning 10 sanasiga qadar amalga oshiriladi.

    Moddiy ragʻbatlantirish uchun xarajatlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan ijro yigʻimi mablagʻlarining 10 foizi miqdoridagi ajratma hisobidan amalga oshiriladi.