"Microsoft" kompaniyasi o‘z bayonotida AQSh va boshqa mamlakatlardagi mudofaa, sun’iy yo‘ldosh va farmasevtika kompaniyalariga kiberhujumlar uchun "Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xakerlarni" aybladi.
Mazkur bayonotda kompaniya ushbu xakerlar fevral oyidan beri o‘nlab kompaniyalarni buzib kirishga muvaffaq bo‘lgani aytilgan.
Avvalroq "EADaily" xabar qilganidek, eronlik xakerlar Isroilning 32 ta kompaniyasining kompyuter tizimlarini buzib kirishgan.
Eronlik “Ballistic Bobcat” nomli xakerlar guruhi avtomobilsozlik, ishlab chiqarish, muhandislik, moliya, media, sog‘liqni saqlash, texnologiya va telekommunikatsiya sohalaridagi kompaniyalar tizimlariga ham kirib borgan.