Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va transport infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlari doirasida Toshkent viloyatida yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etildi.
2025-yil 16-sentyabrdan boshlab 177-sonli avtobus yoʻnalishi ishga tushiriladi. Yoʻnalish Toshkent viloyatining Iftixor mahallasi bekatidan poytaxtdagi Chorsu metrosi ASHBgacha qatnaydi.
Ushbu yoʻnalishda 8 ta zamonaviy, 9,5 metrli, oʻrta sigʻimli King Long XMQ 6900EGW avtobuslari harakat qiladi.
Harakat vaqti: 05:30 — 23:17.
Yangi avtobus yoʻnalishi yoʻlovchilar uchun qulaylik yaratishi hamda viloyat va poytaxt oʻrtasidagi qatnovlarni yanada samarali tashkil etishi kutilmoqda.