Farzandlarini davolash uchun deb xayriyaga pul yigʻgan firibgar ayol ushlandi

    Xavfsizlik 8 May 2021 2110

    Rasmlarning ostiga farzandlari “Komilov Azimjon Abdurauf oʻgʻli”, “Mashgulotva Gulirano” va “Maʼrufjonov Muhammadali Mansurjon oʻgʻli”lar ogʻir kasallikka chalinganliklari sababli ularni davolash va tibbiy muolajalarga 10.000 va 20.000 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻlari zarurligini iddao qilgan holda pulni qabul qilish uchun bank plastik kartalarini koʻrsatib xalqdan yordam soʻrab, bir qator ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan soxta xayriya eʼlonlari aniqlandi.

    Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida nomaʼlum shaxs tomonidan Internet tarmogʻida oʻzganing mulkini aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida 2021-yil 8-fevral kuni Ukrainada “Bosh miya oʻsimtasi” kasalligi oqibatida vafot etgan bolaning hamda shaxsi nomaʼlum boʻlgan va ogʻir kasallikka chalingan ikki nafar bolalarning fotosuratlarini internetdan koʻchirib oladi. Rasmlarning ostiga farzandlari “Komilov Azimjon Abdurauf oʻgʻli”, “Mashgulotva Gulirano” va “Maʼrufjonov Muhammadali Mansurjon oʻgʻli”lar ogʻir kasallikka chalinganliklari sababli ularni davolash va tibbiy muolajalarga 10.000 – 20.000 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻlari zarurligini iddao qilgan holda pulni qabul qilish uchun bank plastik kartalarini koʻrsatib xalqdan yordam soʻrab, bir qator ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan soxta xayriya eʼlonlari aniqlandi.

    Eʼlonlarda joylashtirilgan kasal bolalarning fotosuratlaridan taʼsirlangan fuqarolar tomonidan 5 ming soʻmdan 1 million soʻmgacha boʻlgan pul mablagʻlari soxta xayriya eʼlonlari ostida koʻrsatilgan bank plastik kartalariga oʻtkazilgan.

    Olingan tezkor maʼlumotlar asosida, 20-aprel kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasida yashovchi 1995-y.t. N.Rashidova sodir etganligi aniqlanib, unga tegishli boʻlgan ikki dona bank plastik kartalari va smartfon ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

    Fuqaro N.Rashidovaga nisbatan 6-may kuni Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    IIV Kiberxavfsizlik markazi