Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri “Aleksandr Faynberg. Qalbi oʻzbek rus shoiri” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi.

Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan ishlab chiqarilmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.

Rejissyor Aleksandr Gamirov, ssenariy muallifi Goʻzal Pirjonova, operator Umid Malikov, ikkinchi administrator Gulnora Abdurahimova, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya, rejissyor assistentlari Jahongir Raupov, Yerjanbay Kurbaniyazov.

“Aleksandr Faynberg. Qalbi oʻzbek rus shoiri” hujjatli filmida oʻzbek milliy adabiyoti va sanʼatining taniqli vakillaridan intervyular, shoir ijodiga mansub sheʼriy parchalar va xronolik maʼlumotlardan foydalaniladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati