Frantsiya terrorizmga qarshi prokuraturasi (PNAT) Sharl de Goll xalqaro aeroporti yaqinidagi Ruassi-an-Frans shahrida joylashgan mehmonxonada portlovchi moddani ishga tushirgan Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega erkakni hibsga oldi.

Portlash natijasida gumonlanuvchi kuyish jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, gumonlanuvchi Ukraina armiyasi uchun mo'ljallangan Frantsiya harbiy texnikasini yo'q qilish uchun bir nechta portlovchi moslamalar yasamoqchi bo'lgan.

Politsiya tintuv chog'ida uning xonasidan portlovchi moslamalar va o'qotar qurollar yasashga mo'ljallangan materiallarni topdi. BFMTV telekanaliga ko'ra, u erda bir nechta pasport ham topilgan.

Le Figaro nashriga ko'ra, gumonlanuvchi Donbassda tug'ilgan, u rossiyaparast qarashlarga ega bo'lgan va Rossiya armiyasi safida ikki yil jang qilgan.