Pensiya jamgʻarmasi mazkur holatlar boʻyicha aholini ogohlantirib, ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.
Maʼlum qilinishicha, pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolarda pensiyasini qayta hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlsa, ular faqat rasmiy boʻlimlarga murojaat qilishlari mumkin.
“Pensiya jamgʻarmasining hech bir xodimi fuqarolarga koʻchada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi. Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy maʼlumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang”, deyiladi rasmiy xabarda.
Pensiya jamgʻarmasi shu kabi shubhali holatlarga duch kelgan fuqarolardan jamgʻarmaning ishonch telefoni (1271) Ichki ishlar organlariga (102) xabar berishni soʻradi. Firibgarlarga aldanishdan ehtiyot boʻlishga chaqirdi.








