Bugun, 3-iyul kuni soat 10:13 da Namangan viloyati Davlatobod tumani “To‘quvchi” MFY Kosonsoy ko‘chasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida “Damas” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. 

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:18 da voqea joyiga yetib, yong‘in soat 10:19 da qurshab olingan va soat 10:23 da o‘chirilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan yo‘q, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.