Joriy yilning 15-17-aprel kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet oʻz prognozlarida qayd etilgan.
15-aprelda respublika hududida, 16-aprelda Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin.
15-17-aprelda respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Fargʻona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17-aprelga havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi. 16-17-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat 0-5 daraja iliqgacha, baʼzi joylarda -1...-3 daraja sovuqgacha boʻlishi mumkin, kunduz kunlari 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
15-17-aprel kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanadi) boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya etish soʻraldi.