Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chust tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi F.A., “R.N.” fermer xoʻjaligi rahbari R.A. va boshqalar xoʻjalikning “Kaklikqoʻrgʻon” MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 000 AQSH dollari evaziga fuqaro N.ga bogʻdorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni vaʼda qilib, oldindan 1 500 AQSH dollari va 5,6 mln soʻmni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.