Toshkentdagi ariqqa hayvonlar jasadi tashlangani rostmi?

    Kuni kecha telegram kanallarida poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi Xushnud mahallasidan oqib o‘tuvchi ariqqa mushuk o‘liklari tashlangani bo‘yicha material e’lon qilingan edi. Hodisa yuzasidan hokimlik matbuot xizmati munosabat bildirdi.

    Ma’lum qilinishicha, qoldiqlar aslida qo‘ylarniki bo‘lib, mahalla fuqarolari tomonidan so‘yilgan va ariqqa oqizib yuborilgan.

    Mazkur holatdan xabar topilgach, tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan ariq tozalanib, fuqarolarga bunday holatni takrorlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

    "Bunday holatlarning kelib chiqishi ekologiya va inson salomatligiga zarar ekanligini inobatga olib, fuqarolarimizdan atrof-muhit tozaligiga bee’tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.