Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
🔹 Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

 OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔸 Buxoro viloyati — 28,32 %;
🔸 Navoiy viloyati — 24,03 %;
🔸 Xorazm viloyati — 23,95 %;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
🔸 Toshkent shahri — 22,18 %.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

🔹 Buxoro viloyati — 107,3 ball;
🔹 Toshkent shahri — 105,2 ball;
🔹 Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
🔹 Namangan viloyati — 101,2 ball;
🔹 Xorazm viloyati — 100,0 ball.