27–29 oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog'ida II xalqaro asal festivali o'tkaziladi. 

Mazkur festivalda mahalliy va xorijiy asal yetishtiruvchilar o'z mahsulotlarini bilan ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, tadbir dasturidan respublikamizda qishloq xo'jaligi turizmini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan “Ilmiy-amaliy konferensiya” va asal ko'rgazmalari, sport musobaqalari, mehmonlar uchun kontsert, shuningdek asalarichilik sohasidagi etakchi mahalliy va xorijlik asalarichilik sohasidagi mutaxassislardan mahorat darslari o'rin olgan.

Festival doirasida “Afsonalar vodiysi” tematik bog'ida “Eng yaxshi qadoqlangan asal” va “Eng tabiiy asal” nominatsiyalari bo'yicha tanlovlar o'tkazish ham rejalashtirilgan.