Aktrisa Dildora Umarova filmdagi roli haqida soʻzlab berdi:
“Filmdagi rolim oʻzimga juda yoqdi. Salbiy personaj boʻlsa-da, kuchli dramaturgik yuki bor. Rejissyor ancha talabchan, shunga qaramay, ijodiy jamoa bilan maroq bilan ishladik. Oʻzim uchun ham yana bir tajriba boʻldi.
“Ayol qalbi” filmidagi ijroimga baho berish tomoshabinlarga havola. “Alpomish” kinokartinasidan keyin ilk bor katta rolda oʻynadim. Postanovkachi rejissyor Jamilaxon Poʻlatova meni aktrisa sifatida yangi qirrada kashf etdilar, deb ayta olaman. Kelgusida yana koʻplab kinoloyihalarda ishlash nasib qilsin. “Ayol qalbi” filmi tomoshabinlar qalbidan joy olsin!”
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati