Maʼlum qilinishicha, jami 14 nafar rahbardan 3 nafarini lavozimidan ozod etish, 9 nafariga hayfsan, 2 nafarini rotatsiya qilish choralarini qoʻllash tavsiya qilindi.QyUnga koʻra, jami 14 nafar rahbardan 3 nafarini lavozimidan ozod etish, 9 nafariga hayfsan, 2 nafarini rotatsiya qilish choralarini qoʻllash tavsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda oʻrganishlar olib borilmoqda.
Oʻrganishlar yakuni boʻyicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kompleks “Yoʻl xarita”lari tasdiqlanib, masʼuliyatsizlik va sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish ishlari davom ettiriladi.








