Unga koʻra 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha miqdorda investitsiyalar kiritgan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda soligʻidan 3 yil muddatga ozod etiladi.

— 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha miqdorda — 5 yil muddatga;

— 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda esa 10 yil muddatga foyda soligʻidan ozod etiladi.

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga Prezidentning 2021-yil 14-sentyabrdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5243-son qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos boʻlgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi, deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev oʻzining telegram kanalida.