Prezidentimiz bu holatdan tashvish bildirib, sogʻlom turmush tarzi targʻibotini kuchaytirish va viloyatda sogʻliqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish zarurligini taʼkidladi. Jumladan, qoʻshimcha ravishda rossiyalik hamkorlar bilan Kitobda zamonaviy kardiologiya markazini barpo etish topshirildi.
Viloyatda mobil poliklinikalar xizmati yoʻlga qoʻyiladi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 oʻrinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi.
Yigʻilish davomida Qashqadaryoda investitsiya, sanoat, turizm, qishloq va suv xoʻjaligi hamda ijtimoiy sohada belgilab olingan asosiy vazifalar yuzasidan viloyat hokimi va boshqa mutasaddilarning rejalari tinglandi.