Ta'kidlanishicha bugun, erta Oʼzbekiston hududining katta qismida yogʼingarchilik kutilmaydi, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining baʼzi joylarida kuchsiz yomgʼir yogʼadi.
Shimolda va choʼl hududlarda biroz yogʼingarchilik (yomgʼir, qor) boʼlishi mumkin. Kunduzi havo harorati 7-12 darajagacha iliq, baʼzi joylarda 15 darajacha iliq boʼladi.
28-dekabr kuni nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʼir yogʼadi, qolgan hududlarda yogʼingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida boʼladi.
29–30-dekabr kunlari respublika boʼyicha yogʼingarchilik boʼlishi ehtimoli kam. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq atrofida boʼladi, kunduzi harorat 2–7 daraja iliq boʼladi.
Respublika boʼyicha baʼzi joylarda tuman tushadi.
Ushbu haftada togʼ oldi va togʼli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʼingarchilik (yomgʼir, qor) boʼladi.