Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari, M.Axmedova, faol onaxonlar, tadbirkorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan bu tadbir juda qizgʻin oʻtdi.
Xotin-qizlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borish, turli xil gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan va yoʻldan adashgan ayollar, shu bilan birga mahalladagi nizoli oilalar bilan yakka tartibda ishlash maqsadida 50 nafar faol ayollardan tuzilgan targʻibot guruhi aʼzolari bilan suhbat tashkil etildi. Shuningdek, sanʼatsevar qoraqalpoq qizlari tomonidan ijro etilgan xalq qoʻshiqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, “Kыzlar seyili” qoʻshigʻini yigʻilganlar zavq bilan birga kuylashdi.
Targʻibot guruhi faoliyati baholanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari E.Durdiyevning faxriy yorligʻi va “Qaraqalpaqstan” nomli kitob sovgʻa qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida tadbirkor ayollarimizning oʻz qoʻllari bilan yaratgan turli kiyimlar koʻrgazmasi tashkil etildi.