Londondagi suv toshqini sabab 8 ta metro stansiyasi yopildi

    Londonda kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida suv toshqini yuz berdi, deya xabar beradi iz.ru.

    Avvaliga shaharning janubida joylashgan Klapem hamda Kamberuell tumanlari jabr koʻrdi. Biroq keyinchalik maʼlum boʻlishicha, shaharning sharqiy hamda shimoli-sharqiy qismi ham suv ostida qolgan. Londondagi suv toshqini sabab 8 ta metro stansiyasi yopildi.

    Xabarlarga koʻra, yordam koʻrsatilishini soʻrab qutqaruv xizmatiga fuqarolardan 300 dan ziyod murojaat kelib tushgan.

    Avvalroq, yaʼni 25-iyul kuni Shveysariyaning markaziy qismida chaqmoq chaqishi hamda kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida suv toshqini yuz bergandi. Bundan, ayniqsa, Lyutsern hamda Sug kantonlari koʻproq talafot koʻrdi.