Ushbu aksiyani tashkil etishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, bemor hayotini saqlab qolish, shuningdek, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini targʻib qilishdan iborat.

Insonning hayotini asrab qolish koʻpincha qon quyish jarayoni bilan bogʻliq. Qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmaydi, u inson organizmidagi bebaho neʼmat. Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina ogʻir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qoʻshish mumkin.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Madad boʻl” shiori ostida oʻtkazilgan donorlik aksiyasida 100 dan ortiq markaziy apparat xodimlari ixtiyoriy ravishda qatnashib qon topshirdilar.

Turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj boʻlgan bemorlarga hayot bagʻishlash va ularning sogʻayib ketishlariga hissa qoʻshishdek xayrli va savobli ishlarni kelgusida ham davom etirilishi maqsad qilib olindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati