“Matbuot uyi” bino va inshootlarining sotilishi nazarda tutilmagan — Davaktiv agentligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Matbuotchilar koʻchasidagi 32-uy, yaʼni «Matbuotchilar uyi« goʻyoki jurnalistlarga emas, qandaydir investorga berilgani haqida xabarlar tarqaldi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur binoning egalik huquqi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligidan olib qoʻyilgani toʻgʻrisida gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, “Matbuot uyi” bino va inshootlarini sotilishi nazarda tutilmagan va OʻzA mazkur binoni yagona balansda saqlovchisi hisoblanadi.

    Hozirgi kunda “Matbuot uyi” binosida demontaj ishlari yakuniga yetib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

    Shuningdek, “Matbuot uyi” bino va inshootlari hamda unga tutash hududda qisqa muddatlarda zamonaviy “Media shaharcha” tashkil etilib, barcha davriy bosma nashrlarning tahririyatlari mazkur binoga joylashtiriladi.