Mamlakatimizda bugun aholi va ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ularda kitobxonlik muhitini shakllantirish, milliy maʼnaviyatimiz, adabiyotimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshgan adib va yozuvchilarimizning pok xotirasini abadiylashtirish maqsadida yurtboshimiz tashabbusi bilan shahrimizda oʻzbek adabiyotimiz, milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshgan adiblar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Adiblar xiyoboni tashkil etildi.

Mana shunday koʻrkam Adiblar xiyobonining yaxlit meʼmoriy majmuasi yaratildi. Ushbu moʻjaz maskanga ardoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning nomini abadiylashtirish uchun oʻrnatilgan monument oʻzgacha koʻrk va goʻzallik bagʻishlab turibdi.

Bahorning ilk kuni taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun mamlakatimiz boʻylab keng maʼnoda nishonlanishi ijodkor va ziyo axlida anʼanaga aylangan ezgu fazilatlardan biridir.

Anashunday ezgu niyyatda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkolikda Adiblar xiyobonida Ardoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kun munosabati bilan “Muhabbat va sadoqat timsoli” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublia Maʼnaviya va maʼrifat markazi targʻibotchilari, shoir va ijodkorlar, madaniyat xodimlari, Bojxona instituti ofitser va kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar taniqli va iqtidorli Oʻzbek shoirasi, oddiy inson, sadoqt va vafo timsoli boʻlmish Zulfiya isroilova hayoti va ijodi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirib oʻtdilar.

Tadbir davomida Bojxona instituti kursantlari tomonidan Zulfiyaxonim ijodiga mansub sheʼriy chiqishlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Munojat Moʻminova,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri