Namanganda tender g'oliblari belgilanmasdan qurilish boshlangan. Xorazmda «dxarid.uz» maxsus axborot portali bo'yicha e'lonlar “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonun talablariga zid ravishda joylashtirilgan.

    Navoiyda tender o'tkazilmasdan, pudrat shartnomalari tuzilmasdan qurilish ishlari bajarilgan.

    AOKAda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o'tgan brifingda agentlik tomonidan hududlarda davlat xaridlariga oid o'tkazilgan o'rganishlar natijalari hamda Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati haqida berildi.

    Brifingda qayd etilishicha, Agentlik tomonidan Namangan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida davlat buyurmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog'liq holatlar o'rganib chiqildi. Xususan, Namangan viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida «tender.mc.uz» maxsus axborot portalida joylashtirilgan umumiy qiymati 4,7 mlrd so'mlik 3 ta sog'liqni saqlash muassasalari o'rganilganda tender g'oliblari belgilanmasdan turib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlandi.

    Xorazm viloyatida 8 ta holatda jami 3,7 mlrd so'mlik qurilish va joriy ta'mirlash ishlari (mazkur ob'ektlarning 5 tasi Turizm va sport (2,6 mlrd so'm), 2 tasi Maktabgacha ta'lim (680 mln so'm) va 1 tasi Xalq ta'limi (490 mln so'm) vazirliklarining quyi tizimlari hissasiga to'g'ri keladi. «dxarid.uz» maxsus axborot portali bo'yicha e'lonlar “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonun talablariga zid ravishda joylashtirilganligi aniqlandi.

    Navoiy viloyatida buyurtmachilar tomonidan 5 ta holatda umumiy qiymati 1,8 mlrd so'mlik qurilish-ta'mirlash ishlari tanlov (tender) savdolari o'tkazilmasdan, pudrat shartnomalari tuzilmasdan bajarilganligi aniqlandi. Xususan, “YAgona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligida sog'liqni saqlash sohasiga 2 ta (620 mln so'mlik), xalq ta'limi (600 mln so'mlik), madaniyat sohalari (487 mln so'mlik) hamda davlat xizmatlari markaziga (125 mln so'mlik) 1 tadan ob'ektlar to'g'ri keladi.

    YUqorida ko'rsatilgan holatlarda O'zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi qayd etilgan bo'lib, mas'ul shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1758 –moddasi va boshqa moddalari bilan ma'muriy javobgarlik to'g'risida ish qo'zg'atildi. SHuningdek, ayrim holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.