“Namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy” tashkil etishga oid infratuzilmaviy talablar quyidagilar:
- tungi vaqtda koʻchaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi toʻliq yoritilishi;
- berk koʻchalar, ichki yoʻlaklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli boʻlgan qorongʻu hududlarning qisman yoritilishi;
- transport vositalari uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi;
- koʻchalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi;
- qarovsiz yertoʻla, chordoq va chiqindixonalar mavjud boʻlmasligi.
Ogʻir mahallalarda “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”lar tashkil qilish boʻyicha aniq vazifalar har chorak va har oyda mahalla, tuman va viloyat darajasida ishlab chiqiladigan “yoʻl xaritalar”ga manzilli kiritiladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz uy”larning boshlanish va tugash nuqtalariga ushbu ijtimoiy maqomni bildiradigan stikerlar oʻrnatiladi.









