Navoiy shahrida joylashgan “I.-22” MCHJga qarashli issiqxonada o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqaridan ta’sir ko‘rsatish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 418 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.