“Ocean suv sporti saroyi”da bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

    Sport 8 Dekabr 2021 779

    Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Ocean suv sporti saroyi” ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

    Unda Andijon va Namangan viloyatidan 120 dan ziyod suzuvchi yoshlar ishtirok etdi.

    Tadbirda gʻolib sportchilarga diplom, medal va sovgʻalar topshirildi.

    Shuningdek, suv sporti murabbiyi Yekaterina Ovchinnikova boshchiligida bir guruh sportchilar jismoniy nuqsoni bor bolalar holidan xabar olib, ularga bayram sovgʻalarini taqdim etishdi.

    Sanjarbek Hamidov