Oliy diniy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish sanasi maʼlum boʻldi

    2022-2023 oʻquv yili boʻyicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida oʻtkazilishi belgilangan.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy taʼlim muassasalarida 2022-2023 oʻquv yili boʻyicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida oʻtkazilishi belgilangan. Bu haqda Diniy idoraning Taʼlim va ilmiy-tadqiqodlar boʻlimi xabar berdi.

    Hadis ilmi maktabi
    1. 2022-yil 3-avgust – Hadis va mustalah al-hadis (ijodiy imtihon);
    – Arab tili (ijodiy imtihon).
    Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi sport zali.

    2. 2022-yil 4-avgust – Oʻzbekiston tarixi (test sinovi).
    Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismi.

    3. 2022-yil 5-avgust – Mandat hayʼati.

    Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
    1. 2022-yil 8-avgust – Arab tili (ijodiy imtihon).
    Imtihon joyi: Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

    2. 2022-yil 9-avgust – Fiqh va aqoid (test sinovi);
    – Oʻzbekiston tarixi (test sinovi).
    Imtihon joyi: Toshkent islom instituti hovlisi.

    3. 2022-yil 10-avgust – Mandat hayʼati.

    Mir Arab oliy madrasasi
    1. 2022-yil 11-avgust – Arab tili (ijodiy imtihon).
    Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.

    2. 2022-yil 12-avgust – Fiqh va aqoid (test sinovi);
    – Oʻzbekiston tarixi (test sinovi).
    Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.

    3. 2022-yil 13-avgust – Mandat hayʼati.

    Eslatib oʻtamiz, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabiga oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarini tamomlagan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi. 2022-2023 oʻquv yili uchun test sinovlari kunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish sanasi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.