Xususan, oʻtgan yili Yer yuzida 10,6 million nafarga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingan. Bu 2020-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan 4,5 foizga koʻpdir. Eng yomoni, tuberkulyoz oqibatida 1,6 million nafar bemor hayotdan koʻz yumgan.

Xalqaro ekspertlar fikricha, oʻsish tendensiyasi pandemiya oqibatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Yaʼni SOVID-19 avj olgan davrda aksariyat mamlakatlarda sil kasalligini aniqlash va davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari koronavirus muolajasi bilan band boʻldi.

Oqibatda koʻp yillardan beri kuzatilmagan holat — tuberkulyozni yuqtirganlar soni oshishi qayd etildi. Jumladan, 2021-yilda sil xastaligining rifampitsin preparatiga chidamli turi 450 ming nafar bemorda aniqlandi. Bu ham 3 foizlik oʻsish koʻrsatkichidir.

Eslatib oʻtamiz, tuberkulyoz erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin. Shu sababli JSST 2035-yilgacha tuberkulyozdan oʻlim koʻrsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.