Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalariga (keyingi o'rinlarda - hududiy futbol assotsiatsiyalari) ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yo'nalishlarni rivojlantirish tavsiya etilsin:

- bolalar va o'smirlarning futbol bilan shug'ullanishga qiziqishini oshirish, xavaskor futbolni ommalashtirish, bu borada umumta'lim maktablari, sport-ta'lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo'yicha musobaqalarni tashkil etish;

- yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (selektsiya) tizimini tubdan takomillashtirish;

- futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;

- futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta'minlash;

- futbol klublarini xususiy sektorga o'tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog'lom sport raqobati muhiti yaratilishini ta'minlash;

- futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo'lga qo'yish orqali “o'zbek futboli” brendi yaratilishini ta'minlash;

- futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ilg'or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

- futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;

- futbolni, shu jumladan xududiy futbol assotsiatsiyalari a'zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta'minlashga ko'maklashish.