Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Kuni kecha Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligida oʻtgan navbatdagi Hayʼat yigʻilishida tibbiyot sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlar, Oʻzbekiston — Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim sohasini yanada rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun mutaxassisga professorlik sertifikati tantanali topshirildi.
Tedjon tibbiyot texnologiyalari instituti prezidenti janob Byung-Ki Lining Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga yoʻllagan rasmiy maktubida K.Eshnazarovning Koreya Respublikasi Yonsey, Chonnam kabi nufuzli xalqaro universitetlarda taʼlim olganligi hamda koreyalik professor va olimlar bilan hamkorlikda Amerika, Yevropa va Osiyoning qator yirik nashrlarida yigirmadan ortiq ilmiy maqolalar chop etgani, xalqaro ilmiy konferensiya va forumlarda doimiy ishtirok etib kelishi taʼkidlangan.
Koreya Respublikasining Tedjon tibbiyot texnologiyalari instituti tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga joriy etish hamda sohaga malakali kadrlar yetkazib berish bilan shugʻullanadigan nufuzli oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.