Oʻzbekiston qovun va tarvuz eksportida qaysi davlat yetakchi?

    Davlat statistika qoʻmitasi shu xususdagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

    Unga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

    Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8 %)ga koʻpaygan.

    Oʻzbekiston 2022-yilning 8 oyida eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

    Qozogʻiston – 53,6 ming tonna

    Rossiya – 26,9 ming tonna

    Qirgʻiziston – 19,9 ming tonna

    Tojikiston – 12,2 ming tonna

    Latviya – 2,4 ming tonna

    Belarus – 2,3 ming tonna