Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati 14,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 51,9 mingta televizor eksport qilgan.

O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p televizor eksport qilingan davlatlar:

- Rossiya – 34,6 mingta;

- Belarus – 6,3 mingta;

- Ozarbayjon – 4,9 mingta;

- Qozog‘iston – 4,4 mingta.