Oʻzbekiston jahonning 67 ta mamlakatiga uzum mahsulotlarini yetkazib bermoqda

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar iyul oylarida 67 ta davlatga qiymati 98,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 84,1 ming tonna uzum (quritilgan uzum yaʼni mayiz bilan birga) eksport qilgan.

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 51,6 ming tonnaga yoki 2,6 barobarga oshgan.

    Oʻzbekiston 2025-yilning 7 oyida eng koʻp uzum (mayiz bilan birga) yetkazib bergan davlatlar:

    • Rossiya – 23,8 ming tonna;
    • Qozogʻiston – 17,7 ming tonna;
    • Xitoy – 15,1 ming tonna;
    • Turkiya – 3,5 ming tonna;
    • Gruziya – 2 ming tonna;
    • Eron – 1,9 ming tonna;
    • Belarus – 1,9 ming tonna;
    • Boshqa davlatlar – 18,1 ming tonna.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yilning birinchi yarmida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 56,3 ming tonna uzum yetishtirilgan edi.