Oʻzbekiston va Ozarbayjon parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

    Oʻzbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

    Bu haqda kun.uz xabar bermoqda Trend.azga tayanib.

    Qayd qilinishicha, paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun beriladi. Loyihani moliyalashtirish hajmi 150 million AQSH dollarini tashkil etadi.

    Taʼkidlanishicha, transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yana bir qator aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, gap ombor infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yoʻnalishi boʻylab yuk tashishni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma korxona yaratish va boshqa loyihalar haqida ham bormoqda.

    22-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston-Ozarboyjon biznes-forumi boʻlib oʻtgan edi. Muzokaralar natijasida 2 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.

    Bundan tashqari, 23-avgust kuni prezident Ilhom Aliyevning Toshkentga tashrifi doirasida davlat rahbarlarining ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha umumiy qiymati 520 million dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirilishi uchun tayyorlandi.