epidemiolog Rustam Ikromovning qo'shimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo'yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.
«Hujjatda vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko'zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan», – dedi mutaxassis.
O'tgan, 2019 yilda 21 ming nafardan ortiq «Muruvvat», «Saxovat» uylarida yashovchi shaxslar hamda mehribonlik, va go'daklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarishi vaktsinalar tekinga davlat byudjeti hisobidan etkazib berilgan – «Joriy 2020 yilda ham shu toifadagi aholiga vaktsinalar davlat tomonidan etkazib berilishi ko'zda tutilgan. Boshqa aholi vakillari o'z hisobidan, tashkilot xodimlari o'sha idora mablag'laridan xususiy vaktsina emlash markazlari orqali vaktsina olishlari mumkin», – dedi epidemiolog Ikromov.