Ijtimoiy, ilmiy-ommabop jurnal yangi formatda, yiliga 4 marta o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Jurnalning ilk soni Navro'z bayrami arafasida chop etilib, mutolaa uchun keng jamoatchilikka taqdim etilishi ko'zda tutilgan.
Unda oliy ta'lim tizimidagi yangiliklar, amaliyotga joriy qilinayotgan tadqiqotlar, xorijdagi ta'limning o'ziga xosliklari, akademik olimlar-u yosh izlanuvchilarning ilm-fan rivoji borasidagi takliflari, tahlillari va yutuqlari o'rin oladi.